Bepul boshlash

PhET uslubida · o'zbek tilida · bepul

Interaktiv matematika simulyatorlari

42 ta simulyator 5–11-sinf matematika darsi uchun: o'quvchi tushunchani ko'radi, qiymatlarni o'zgartiradi va qonuniyatni o'zi kashf qiladi. Har birida o'qituvchi uchun tayyor qadamma-qadam tushuntirish bor — elektron doska, proyektor yoki telefonda ochiladi, o'rnatish shart emas.

42 ta simulyatorBepulElektron doska uchun

Sonlar va amallar

Kasrlar, foiz va nisbat

Geometriya

4–8-sinf

Burchaklar

Burchakni transportir bilan o'lchash va turlari; to'g'ri chiziqdagi, nuqta atrofidagi va vertikal burchaklar; uchburchak…

5–8-sinf

To'rtburchaklar xossalari

Parallelogramm, to'g'ri to'rtburchak, romb, kvadrat va trapetsiyalar bir-biriga silliq o'tadi; tomonlar, burchaklar…

5–8-sinf

Shakllar yuzi

Yuz va perimetr: birlik kvadratlarni sanash, to'g'ri to'rtburchak, uchburchak, parallelogramm, trapetsiya, romb, murakkab…

6–8-sinf

Aylana va doira

Aylana elementlari; aylana uzunligi (doira dumalab yoyiladi) va doira yuzi (sektorlar parallelogrammga teriladi); yarim va…

9-sinf

Muntazam ko'pburchak va aylana

Muntazam n-burchak markazdan n ta uchburchakka bo'linadi: markaziy burchak 360°/n, ichki burchak (n − 2)·180°/n; tomon va…

5–8-sinf

Hajm: birlik kublar

Kuboid hajmi birlik kubchalar bilan qavatma-qavat o'lchanadi; idishga suyuqlik quyiladi (litr va dm³); prizma va silindr…

5–8-sinf

Fazoviy jismlar va yoyilmalar

Kub, kuboid, prizma, piramida, silindr va konus: aylantirib ko'rish, yoqlar, qirralar va uchlarni sanash, yoyilmaga ochish…

7–9-sinf

Pifagor teoremasi

To'g'ri burchakli uchburchak tomonlariga kvadratlar quriladi (yuzlari katakchalar bilan); a² + b² = c² ikki harakatli isbot…

8–9-sinf

Trigonometriya

To'g'ri burchakli uchburchakda sin, cos, tg, ctg — tomonlar nisbati (rangli tomonlar va nisbat ustunlari); uchburchak…

9–11-sinf

Sinuslar va kosinuslar teoremalari

Kosinuslar teoremasi — Pifagorning davomi: tomonlardagi kvadratlar balandliklar bilan to'rtburchaklarga bo'linadi, C…

9–11-sinf

Birlik aylana va trigonometriya

Birlik aylanada nuqtani burish: radian o'lchov va yoy uzunligi, sin va cos — nuqta koordinatalari, tg va ctg — urinma…

8–9-sinf

Vektorlar

Koordinata to'rida vektorlar: uchini sudrab uzunlik va yo'nalishni o'zgartirish, koordinatalar (proyeksiyalar), teng…

8–10-sinf

Geometrik almashtirishlar

O'q va markaziy simmetriya, burish, parallel ko'chirish, gomotetiya va o'xshashlik: uchlarini sudrab shaklni o'zgartirish…

7–9-sinf

Sirkul va chizg'ich bilan yasash

Perpendikulyar, bissektrisa, uchburchak, parallel to'g'ri chiziq, kesmani teng bo'lish, o'rta proporsional — qadamma-qadam…

10–11-sinf

Fazoviy jismlar va kesimlar (3D)

Kub, parallelepiped, prizma, piramida, kesik piramida, silindr, konus, kesik konus va shar — aylantirib har tomondan…

Algebra va funksiyalar

6–8-sinf

Algebraik plitkalar

x², x va birlik plitkalar bilan ifodalar: o'xshash hadlarni yig'ish (nol juftlar yo'qoladi), x ga qiymat berish, qavsni…

7–10-sinf

Daraja, ildiz va logarifm: qoidalar nima uchun shunday

aᵐ · aⁿ = aᵐ⁺ⁿ — bir xil ko'paytuvchilarni sanash; bo'lish va darajani darajaga ko'tarish; zina: 2³, 2², 2¹ — har qadam…

5–8-sinf

Tenglama tarozisi

Tarozi pallalarida x-qutilar va birlik toshlar: teng bo'lsa muvozanat, bo'lmasa og'ir tomon pastga tushadi. Ikki tomonga bir…

8-sinf

Kvadrat tenglama: al-Xorazmiy usuli va ildizlar formulasi

x² + bx = c — kvadrat yoniga to'rtburchak, uni ikkiga bo'lib burchakdagi (b/2)² ni to'ldirish (al-Xorazmiy, «Al-jabr»)…

7–10-sinf

Tenglamalar sistemasi: grafik, qo'shish va o'rniga qo'yish

Ikki chiziqli tenglama — ikki to'g'ri chiziq: kesishish nuqtasi yechim, parallel — yechim yo'q, ustma-ust — cheksiz ko'p.…

9–10-sinf

Tengsizliklar: grafik va oraliqlar usuli

Chiziqli tengsizlik grafigi (manfiy songa bo'lganda nega belgi almashadi), kvadrat tengsizlik parabola orqali, oraliqlar…

6–9-sinf

Funksiya grafigi

Koordinata tekisligi: nuqtalar va choraklar, funksiya jadvalidan grafik, y = kx + b (qiyalik, parallel chiziqlar), y = k/x…

9–11-sinf

Funksiyalar va ularning grafiklari

Darajali, ko'rsatkichli, logarifmik, trigonometrik va teskari trigonometrik funksiyalar; y = A·f(k(x − b)) + c…

9–11-sinf

Trigonometrik funksiyalar grafigi

Grafik birlik aylanadan yoyiladi: aylana va grafik bir xil masshtabda, yoy o'qda x radian bo'lib yotadi, P nuqta balandligi…

6–9-sinf

Ketma-ketliklar va naqshlar

O'sib boruvchi naqshlar: har shaklda yangi qo'shilgan qism ajralib turadi; hadlar va o'tish qoidasi (+d yoki ·q), n-had…

9–11-sinf

Progressiyalar

Arifmetik va geometrik progressiya: hadlar zinapoya yoki grafikda, n-had formulasi, xarakteristik xossa, yig'indi (Gauss…

Statistika, ehtimollik va harakat

Hosila va integral

Darsda qanday ishlatiladi

  1. Mavzuga mos simulyatorni oching — DarsPilot'da u dars ssenariysiga o'zi qo'shiladi.
  2. «Tushuntirish» rejimida ← → tugmalari bilan qadamma-qadam tushuntiring: simulyator har gapga mos o'zgaradi.
  3. «Tajriba» rejimida o'quvchilarni doskaga chiqaring: qiymatni o'zgartirib, natijani oldindan taxmin qilsinlar.

Simulyatorlar — dars ssenariysi ichida

DarsPilot 5–11-sinf matematika o'qituvchisiga dars ishlanmasi, simulyator, darajali ishchi varaq va qog'ozli testni telefon bilan tekshirishni bitta joyda beradi.