Geometriya · 5–8-sinf
Hajm: birlik kublar — interaktiv simulyator
Kuboid hajmi birlik kubchalar bilan qavatma-qavat o'lchanadi; idishga suyuqlik quyiladi (litr va dm³); prizma va silindr hajmi — asos yuzi · balandlik; murakkab jism hajmi va to'la sirt yuzi.
Doskada qadamma-qadam tushuntirish
Namuna: «Fazoviy jismlarning hajmi» (5-sinf). «Tushuntirish» rejimida o'qituvchi ← → tugmalari yoki pult bilan qadamlarni almashtiradi — simulyator har gapga mos o'zgaradi:
- Jism hajmi — u egallagan fazo qismi. Uni birlik kubchalar bilan o'lchaymiz.
- Bir qavat: 5 · 3 = 15 kubcha.
- 3 qavat — 45 kubcha.
- To'la kuboid: V = 5 · 3 · 4 = 60 sm³.
- Balandlikni ikki marta oshiramiz — hajm ham ikki marta oshadi: V = 5 · 3 · 8 = 120 sm³.
Tushuntirish rejimi
Har qadamda o'qituvchi aytadigan 1–2 gap va simulyatorning mos holati. Matn sinfning orqa partasidan ham o'qiladigan kattalikda, sonlar avtomatik hisoblanadi.
Tajriba rejimi
O'quvchilar elektron doskada yoki telefonda qiymatlarni o'zlari o'zgartiradi, sudraydi va qonuniyatni o'zlari kashf qiladi — PhET uslubidagi faol o'rganish.
Qaysi mavzularda ishlatiladi
DarsPilot dars mavzusiga mos simulyatorni o‘zi tanlaydi. «Hajm: birlik kublar» quyidagi mavzularda ishlatiladi:
5-sinf matematika
- Fazoviy jismlarning hajmi
- Uch o'lchamli panjarada fazoviy jismlarni chizish
- Kvadratli panjarada fazoviy jismlarning turli ko'rinishlarini chizish
- Hajmni santimetr kub va metr kubda o'lchash
- Kuboid va kubning hajmini topish
- Suyuqliklar hajmini santimetr kub va metr kubda o'lchash
6-sinf matematika
- Kuboid qirralarini topish
- Kuboid va kubning bir yog'i yuzini topish
- Hajmga doir matnli masalalar
- Konus, silindr, prizma va piramida
- Uch o'lchamli panjarada fazoviy jismlarni chizish
- Fazoviy jismlarning yoyilmasi
7-sinf matematika
O‘xshash simulyatorlar

Burchaklar
Burchakni transportir bilan o'lchash va turlari; to'g'ri chiziqdagi, nuqta atrofidagi va vertikal burchaklar; uchburchak…

To'rtburchaklar xossalari
Parallelogramm, to'g'ri to'rtburchak, romb, kvadrat va trapetsiyalar bir-biriga silliq o'tadi; tomonlar, burchaklar…

Shakllar yuzi
Yuz va perimetr: birlik kvadratlarni sanash, to'g'ri to'rtburchak, uchburchak, parallelogramm, trapetsiya, romb, murakkab…

Aylana va doira
Aylana elementlari; aylana uzunligi (doira dumalab yoyiladi) va doira yuzi (sektorlar parallelogrammga teriladi); yarim va…
Har dars mavzusiga tayyor simulyator
DarsPilot'da simulyator dars ssenariysiga o'zi qo'shiladi: mavzu ochilganda mos model tanlanadi va shu mavzu uchun tushuntirish tayyorlanadi. Ro'yxatdan o'tish bepul.